Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

IMKONIYATI ChEKLANGAN BOLALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

Davlatimiz rahbarining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishga qaratilgan besh muhim tashabbusi taʼlim-tarbiya tizimini zamonaviy talablar asosida tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yoshlarning o‘z isteʼdod va qobiliyatlarini namoyon etishda, kasb-hunar egallashlarida, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarida muhim omil bo‘lmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari Sho‘rchi tumanida joylashgan 122-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif buyurib, muassasada besh tashabbus doirasida o‘quvchi yoshlarning puxta bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur maktabda bugungi kunda 400 nafardan ortiq o‘quvchilar taʼlim-tarbiya olib, o‘g‘il-qizlarning har birining o‘z dunyoqarashi, qiziqishi bor. Ularning imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, imkoniyati cheksiz tengdoshlari singari kitobxonlikka, sanʼatga, sportga hamda kompyuter savodxonligini qunt bilan qiziqib o‘rganishga ishtiyoqi baland ekanligi quvonarli.

Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘quvchi yoshlarga sport anjomlari sovg‘a qilindi.

Tashrif davomida, maktab maʼmuriyati bilan hamkorlikda mazkur dargohda turli maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport tadbirlarini o‘tkazish borasida kelgusi rejalar haqida kelishib olindi.

 

Text to speech