Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

Inspektor-psixologlarning malakasi oshirilmoqda

Ma'lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-fevraldagi “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ichki ishlar organlarining inspektor-psixolog shtati Milliy gvardiyaga oʻtkazilgan edi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi rahbariyati tomonidan mazkur lavozimlarni jamlash, inspektor-psixologlar faoliyatini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish hamda ularning malakasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 25-mart kunidan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida hududiy boshqarmalardagi inspektor-psixologlarni oʻqitish boʻyicha onlayn oʻquv kursi oʻz faoliyatini boshladi. “Umumiy oʻrta maktab inspektor-psixologlari malakasini oshirish uchun moʻljallangan oʻquv kursi oʻquv dasturi” asosida tinglovchilarga “Psixologiya asoslari” yoʻnalishida “Inspektor-psixolog kasbiy faoliyatining me'yoriy-huquqiy va axloqiy-ruhiy tamoyillari”, “Yosh davrlari va taraqqiyot bosqichlarida pedagogik-psixologik munosabatlar”, “Yosh davrlarida inqirozli holatlarni aniqlash usullari. Inqirozlar psixoprofilaktikasi”, “Deviant xulq-atvor tiplari va xarakter aksentuatsiyasi”, “Additktiv xulq-atvor koʻrinishlari va addiksiyani aniqlash usullari”, “Psixologik portret tushunchasi. Psixologik portret tuzish amaliyoti” “Ota-onalar bilan manzilli ishlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, “Oʻsmirlar oʻrtasida qonun buzilishlarini erta diagnostika qilish amaliyoti va psixoprofilaktikasi”, “Axborot xurujlari. Axborotning psixologik bosimida psixoprofilaktika” mavzularida, “Huquqiy tayyorgarlik” yoʻnalishida “Ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy javobgarlik, ma'muriy jazo va uning qoʻllanilishi”, “Fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik”, “Ma'muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish”, “Jinoyat tushunchasi va jinoyat tarkibi”, “Voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi”, “Voyaga yetmaganlarga tayinlanadigan jazolar” mavzularida mashgʻulotlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilayotgan mashgʻulotlarda tinglovchilarning mavzularga oid nazariy va amaliy bilim-koʻnikmalarini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Text to speech