Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan erta tongdan Samarqand shahridagi Xotira maydonida viloyat hokimligi, harbiylar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yilib,bugungi tinch va osuda kunlar uchun jonini fido qilganlar xotirasi yodga olindi.

Xotira va qadrlash kuni oldidan urush qatnashchilari va mehnat faxriylari xonadonlariga yo‘qlovlar uyushtirilib, ularga yana bir karra izzat-ikrom ko‘rsatildi. Davlatimiz rahbarining farmoni asosida viloyatda umrguzaronlik qilayotgan 10 nafar Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisiga bir martalik pul mukofoti, Prezident tabrigi yetkazildi va qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek, front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatildi.

Text to speech