INSON HAYOTI SAQLAB QOLINDI
Joriy yilning 26 aprel kuni ertalabki soat 08.30 larda olingan xabarga ko‘ra voqea joyiga yetib borgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan Nukus shahri bo‘ylab o‘tgan “Do‘stlik” kanaliga o‘zini tashlagan nomaʼlum ayol suvdan qutqarib olindi.
O‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan ushbu ayol, dastlabki surishtiruvlar mobaynida Nukus shahrida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro D.N. ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.