INSON QADRI - ULUG‘, XOTIRA - MUQADDAS
Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lgan ajdodlarimizning xolidan xabar olish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun azaliy qadriyatdir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi masʼul xodimlari 110 yoshni qarshilagan Turdiyev Pirnazar otaning xonadoniga tashrif buyurdilar. Yuzma-yuz suhbatlar chog‘ida urush faxriysi dunyo xalqlari boshiga musibat solgan mashʼum urush, o‘sha og‘ir kunlarni matonat bilan yengib o‘tgan ota-bobolarimizning yengilmas irodasi, cheksiz matonati haqida so‘zlab berdi.
9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan bu kabi ulkan eʼtibor va g‘amxo‘rlik mamlakatimizda inson manfaati, uning shaʼni va qadr-qimmati hamma narsadan ustun ekanini yana bir karra namoyon etmoqda.