XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI — JAMIYAT RIVOJINING MUHIM OMILI
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Navoiy viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi hamda Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Maʼlumki, mazkur hujjat xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatning barcha sohalarida faolligini oshirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini yana-da qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasb-hunar, raqamli iqtisodiyot ko‘nikmalarini puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ish bilan taʼminlash jarayonlariga ko‘maklashish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni belgilab beradi.
Tomonlar ushbu Memorandumga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida hamda o‘z Nizomlarida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan harbiy xizmatchi (xodim)larning oila aʼzolarini o‘quv markazlarga jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashishga kelishib oldilar. Normativ-huquqiy hujjat harbiy xizmatchi (xodim)larni oila aʼzolarini (turmush o‘rtog‘i, voyaga yetgan farzandlari) o‘z biznesini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish, biznes g‘oyalarini tayyorlashda konsultativ yordam berish, loyiha biznes-rejasini tayyorlash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitish tashkil etishni ham ko‘zda tutdi.
Bundan tashqari, yosh tadbirkor xotin-qizlarga va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan harbiy xizmatchi (xodim)larni oila aʼzolarini o‘z biznesini tashkil etishda zarur maslahatlar berish va amaliy yordam ko‘rsatish ham eʼtibordan chetda qolmadi.
Shubhasiz, ushbu saʼy-harakatlar harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish, xizmatni yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qiladi.