Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan hududiy bo‘linmalardagi boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyati o‘rganilib, tizimda xizmat qilayotgan ayollar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish davomida harbiy xizmatchilarning oilalariga tashrif buyurildi.

Davlatimiz rahbarining "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni hamda "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida " gi Qarori ijrosi yuzasidan Milliy gvardiya Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan hududiy bo‘linmalardagi boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyati o‘rganilib, ularga yaqindan ko‘mak berilmoqda. 2021 yil va joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar aʼzolarining hisobotlari tinglandi.

Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar tomonidan xotin-qizlar Kengashlariga muammolar yuzasidan qilgan murojaatlari, samarali yordam ko‘rsatish uchun qanday choralar ko‘rilayotgani, shu bilan bir qatorda, harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari hamda "ayollar daftariga" kiritilgan ayollarning ehtiyojlari va manfaatlari qanday hal etilayotgani tahlil qilindi.

Tadbir davomida ayol-harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida intizom va qonuniylikni oshirish, Nizomning talablariga rioya qilish ishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirokidagi umumiy yig‘ilishlarda harbiy xizmatchilar va xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, jamoalarda maʼnaviy-psixologik muhitni yaxshilash, oliy taʼlim olishda xotin-qizlarga har tomonlama ko‘maklashish, gender tengligini taʼminlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tushunchalar berilib, tizimda xizmat qilayotgan ayollardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash yuzasidan vazifalar qo‘yildi.

Harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotlar mavjud bo‘lgan muammolarni joyida hal etish imkonini berdi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi aʼzolari va Milliy gvardiya bo‘linmalari rahbariyati oldiga muammolarni hal etish choralari qo‘yilib, ularni ijro etish muddatlari belgilandi.

Bu kabi o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi aʼzolariga hududiy bo‘linmalardagi boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyat samaradorligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini bermoqda.

Text to speech