Jamoat joylarida o‘rnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmagan fuqarolarga nisbatan javobgarlik mavjud
Navoiy shahridagi A.Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘idagi suv havzasida cho‘milib, spirtli ichimlik istimol qilib o‘tirgan uch nafar shaxs mazkur hududda patrullik xizmatini olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan aniqlangan.
Fuqarolar bilan mast holda cho‘milishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilib, jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilganliklari uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 187-moddasi (“Jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish”)ga asosan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
Termiz shahrida joylashgan “Bolajon” bolalar bog‘i hududida spirtli ichimlik isteʼmol qilib o‘tirgan shaxs mazkur hududda patrullik xizmatini olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv mobaynida ushbu shaxs 22 yoshli fuqaro N.A. ekanligi aniqlanib unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 187-moddasi (“Jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish”)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun jarima belgilangan.