Jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavsizligini taʼminlash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik A.Sormonqulovlar raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda DXX, IIV, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.