JAMOAT JOYLARIDAGI FUQAROLIK BURCHIMIZ
Joriy yilning 7 may kuni Shayxontohur tumani "Eski juva" dehqon bozori hududida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan to‘satdan xushini yo‘qotib yiqilgan sotuvchi ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, tuman shifoxonasiga yuborilgan.
Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, ayol Surxondaryo viloyatida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro K.N. ekanligi maʼlum bo‘lgan. Hozirda uning sog‘ligi qoniqarli bo‘lib, tibbiyot xodimlari nazoratida.