Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Harbiy xizmatchi va xodimlarning oʻzlashtirgan bilim va koʻnikmalari sinovlarda, yuqori jangovar shaylik esa o‘quv mashqlarda toblanadi

Mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qo‘riqlovini taʼminlashda avvalo, Qo‘riqlash boshqarmasi bo‘linmalari xodimlarining jismoniy va jangovar shayligi muhim sanaladi. Har tomonlama yetuk, mustahkam irodali, jismoniy chiniqqan xodimlarni tayyorlash borasida esa tizimda muntazam nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib borilmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlarining doimiy jangovar shayligini taʼminlash borasida dala o‘quv poligonlarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida, tabel qurollarini qismlarga ajratish va yig‘ish hamda amaliy o‘q otish mashqlari o‘tkazildi. Olib borilayotgan bu kabi ishlar, mashqlarda toblanayotgan professional kadrlarning har qanday vaziyatda doimo hushyor va sergak bo‘lishlarida, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishlarida muhim rol o‘ynaydi.

Text to speech