Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Yangilangan Konstitutsiya va Strategiya haqida huquqiy bilimlar mustahkamlandi

Shu kunlarda davlat organlari va tashkilotlari mehnat jamoalarida “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tadbirlar tashkil etilishi davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Yuridik taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan harbiy xizmatchilar va xodimlar hamda ishchi xizmatchilar uchun Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi haqida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida 2023 yil 30 aprel kuni xalqimiz tomonidan qabul qilingan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi barcha sohalardagi islohotlarning siyosiy-huquqiy asoslari, davlat va jamiyatni yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilganligi qayd etildi. Shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlarning bosh tamoyili hisoblangan “suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” tushunchalari, “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan hayotiy shiorning mazmun–mohiyati, inson huquq va erkinliklari qo‘shimcha kafolatlar, yangi kiritilgan 27 ta yangi moddaning – shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uchun amaliy ahamiyati, Davlat rahbari, Parlament va Hukumat qarorlari asosida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, Yangilangan Konstitutsiya qabul qilinishi munosabati bilan Davlat rahbarining 14 ta, Vazirlar Mahkamasining 10 ta qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shuningdek odil sudlovni amalga oshirishda konstitutsiyaviy normalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha Oliy sudi plenumining qarorlari qabul qilinganligi, Oliy Majlis Palatalari tomonidan tasdiqlangan “Qonunchilikni yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” asosida 30 ta yo‘nalishda qonunlar va kodekslarga o‘zgartirish kiritish yoki yangi tahrirda qabul qilish bo‘yicha norma ijodkorligi faoliyati davom etmoqda.

Shuningdek, tadbirda notiqlar tomonidan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, shu jumladan erkin, farovon va qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi konseptual ahamiyati ochib berildi.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini taʼminlash, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish kabi 5 ta ustuvor yo‘nalishidagi vazifalar bo‘yicha to‘xtaldi.

O‘quv mashg‘uloti ishtirokchilariga, mulkiy huquqlarni taʼminlash, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish yo‘nalishlaridagi ishlar natijalari haqida maʼlumot berildi.

Milliy gvardiya tizimida Yangilangan Konstitutsiya bo‘yicha tashkiliy va maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.

 

Text to speech