"Yashil makon" - kelajak oldidagi masʼuliyatimiz
Avval xabar berganimizdek, “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida xodimlar tomonidan masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarda yashil bog‘lar yaratilib, ko‘p qavatli uylar hamda markaziy ko‘chalar atrofiga turli ko‘chatlar ekilmoqda hamda ularning parvarishi taʼminlanmoqda.
Xususan, belgilangan hududlarda tut, gilos, kashtan, akatsiya, chinor singari mevali va manzarali daraxtlar nihollari, suvsizlikka chidamli, iqlimga mos bo‘lgan qayrag‘och, bodom, shuningdek odamlar ko‘ngliga xush yoqadigan va yoqimli ifor taratadigan rayhon, lavanda, gultojixo‘roz, xrizantema singari gullar ekilmoqda.
Shuningdek hududlarda Milliy gvardiya bog‘lari yaratilib, mazkur bog‘larga ham gujum, katalpa, klyon, akatsiya, yapon soforasi, kashtan, chinor, qarag‘och, bodom daraxtlari nihollari, terak qalamchalari, turfa xushbo‘y gullar ekilib ularning parvarishi taʼminlanmoqda.
Bunday say harakatlardan maqsad Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli taʼsirlarining oldini olish hamda kelajak avlod oldidagi eng muhim vazifamiz ekologiyani mustahkam holatda yetkazib berishdan iborat.