“Jasorat – millat g‘ururi va iftixori”
Joriy yilning 5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida tahsil olayotgan tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy hordiq chiqarish hamda “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Jasorat – millat g‘ururi va iftixori” shiori ostida, davlatimiz tarixini chuqur o‘rgatish, o‘zbek xalqini ikkinchi jahon urushiga qo‘shgan ulkan hissasini, ko‘rsatgan jasoratlarini targ‘ib qilish maqsadida “G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi”, “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi” hamda “Qurolli Kuchlar davlat muzeyi”ga sayohatlar tashkillashtirildi.
Tashrif davomida tinglovchilarga muzey mutaxassislari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi hamda Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi tinglovchilari ishtirokida qiziqarli suhbatlar va savol-javoblar bilan davom etdi.
Shaxsiy tarkib o‘zlariga kerakli bo‘lgan tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi hamda esdalik uchun suratga tushdilar.