Ham jismonan, ham maʼnan barkamol yoshlar – bizning kelajagimiz
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti “Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi” tashabbusi bilan Olmazor tumanidagi 326-maktabda sport musobaqalari o‘tkazildi.
Tadbirda Olmazor tumanida joylashgan 29,326-umumtaʼlim maktablari hamda 102-maxsus maktablardan iborat o‘quvchilar ishtirok etdi.
Dastlab, tadbirda o‘quvchilar bilan davra suhbati tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov tomonidan bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, yurtga sadoqatli bo‘lish, va daxldorlik hissi bilan yashashga, buyuk ajdodlarning munosib vorisi sifatida ham jismonan, ham maʼnan barkamol bo‘lishini taʼkidladi.
Shundan so‘ng, sport musobaqalariga start berildi. Musobaqada 3ta jamoaga bo‘lingan yoshlar harbiylashtirilgan estafeta, arqon tortish, armrestling va sportning boshqa turlari bo‘yicha bellashdilar.
Qizg‘in va murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra,
326 umumtaʼlim maktabi
102-maxsus maktab
29-umumtaʼlim maktabi egalladi.
G‘olib jamoalarga Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ular orasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.