“JISMONIY SHAXSLARNING MULKINI QO‘RIQLASHDA INNOVATSION YECHIMLAR” MAVZUSIDA RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasidagi turli obyektlarning kompleks qo‘riqlash tizimini baholashda mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish maqsadida Jamoat xavfsizligi universitetida “Jismoniy shaxslarning mulkini qo‘riqlashda innovatsion yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari soha mutaxassislari, oliy harbiy taʼlim muassasalarning professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Konferensiya mavzusi yuzasidan bir qator yetakchi mutaxassislarning fikrlari eshitilib, sohadagi mavjud muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan zarur ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadbir yakunida iqtidorli kursantlar tomonidan tayyorlangan ratsionalizatorlik ishlarining ko‘rgazmasi o‘tkazildi.