Jizzax viloyatida respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi, unda aholining muammolarini o‘rganishga va yechimini topishga, ayniqsa ayollar hamda yoshlarning bandligini taʼminlashga bu borada mahallada shakllantirilgan hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mazkur ishchi guruh tomonidan viloyat aholisining muammolarini o‘rganishga va yechimini topishga, shuningdek kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan.
Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov va viloyat sektor boshliqlari hamda boshqa masʼul idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh Jizzax viloyatida o‘z ishini boshladi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad viloyat yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollarining fuqarolarning muammolarini amaliyotini o‘rganish hamda ularni bartaraf etishga ko‘maklashishdan iborat.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahallada shakllantirilgan hamkorlik masalalariga eʼtibor qaratiladi.