Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Jizzax viloyatida o‘g‘irlik sodir qilgan fuqaro Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Guliston shahrida qo‘lga olindi

Joriy yilning 5 avgust kuni tungi soat 22.30 larda Guliston shahar istirohat bog‘i hududida patrullik xizmatini olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tamaki mahsuloti isteʼmol qilayotgan o‘smirni ko‘rib qolishgan.

Profilaktik suhbat o‘tkazish maqsadida xodimlar o‘smir yigitdan o‘zi va ota-onasi to‘g‘risida maʼlumot so‘rashgan. U esa maʼlumot berishni istamagan, shu sabab harbiy xizmatchilar o‘smirni Guliston ichki ishlar bo‘limiga olib borishgan. Bu yerda uning shaxsiga aniqlik kiritilganda u Samarqand viloyatida tug‘ilganligi, Sirdaryo viloyatiga esa ichki ishlar organlaridan yashirinish maqsadida kelganligi maʼlum bo‘lgan. Joriy yilning 4 avgustdan 5 avgustga o‘tar kechasi ushbu yigit zargarlik do‘koniga kirib, u yerdan 30 mln. so‘mga yaqin mablag‘ni o‘g‘irlagan. Tintuv davomida qo‘lga olingan shaxs yonida bo‘lgan sumkadan 25 mln. so‘mga yaqin mablag‘ topilgan. Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi tomonidan do‘konda sodir etilgan o‘g‘irlik holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda qo‘lga olingan shaxs tergov harakatlari uchun Jizzax shahar ichki ishlar organlariga topshirilgan.

Text to speech