Jizzax viloyatida “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan o‘g‘irlikning oldi olindi
Jizzax viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan “Jizzax akkumulyator zavodi” aksiyadorlik jamiyati hududidan umumiy qiymati 5 million 663 ming so‘mdan ortiq bo‘lgan 15 kilogramm kaliy mahsulotini tegishli hujjatlarsiz olib chiqishga urinish fosh etildi. Olib borilgan dastlabki surishtiruv mobaynida, mazkur korxonaning ishchilari bo‘lgan B. X., N. N. va Sh. N. lar o‘zaro til biriktirib ushbu holatga qo‘l urishgani maʼlum bo‘lgan
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB “Qo‘riqlash” boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasi (“Oz miqdorda talon-toroj qilish”) da nazarda tutilgan huquqbuzarlik holati yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi.