Jizzax viloyatida Milliy gvardiyaning masʼul xodimlari tomonidan hududiy bo‘linmalarda xizmat qilayotgan tizim xodimlarining yaqinlari bilan uchrashgan holda turmush tarzi o‘rganilmoqda
Qo‘riqlash boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va masʼul xodimlar tomonidan boshqarma va uning xududiy bo‘limlarida xizmat qilib kelayotgan har bir xodimning oilalariga kirib ularning oila aʼzolari bilan yaqindan suhbat olib borilmoqda. Unda xizmat va xizmatdan tashqari vaqtlarda xodimning o‘z maqsadlari yo‘lidagi to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi, oila va xizmat masʼuliyati hamda shukronalik xissi kabi mavzularda tushunchalar berilib, ularni qiynayotgan muammoli masalalar o‘rganilgan holda masʼullar tomonidan hal etish choraldari ko‘rilmoqda. Uchrashuv davomida xodimning oila-aʼzolari salomatligiga alohida eʼtibor qaratilib, tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda va birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan sihatgohlarga yo‘llanmalar taqdim qilinmoqda.