Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

KADRLAR TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH YO‘LIDAGI ISLOHOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari – Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.Ganiyev, mutasaddi rahbarlar  hamda o‘quv markazi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tadbir avvalida mehmonlar ushbu mintaqaviy o‘quv markazi faoliyatini tubdan isloh qilish, shuningdek, markaz hududi va bino-inshootlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Davra suhbati davomida so‘z olganlar tomonidan tizimda taʼlim-tarbiya jarayoni, ilm-fanni rivojlantirishga Davlat rahbari tomonidan alohida eʼtibor qaratilayotgani, mintaqaviy o‘quv markazlarining rivojlanishi, ularning shaxsiy tarkibi o‘z ustida ishlab, shaxsiy kamol topishlari hamda tinglovchilarga eng zamonaviy metodlar yordamida mashg‘ulotlar o‘tishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganligi, Davlat rahbari va Milliy gvardiya qo‘mondonligining Milliy gvardiya tarkibidagi o‘quv markazlaridan umidlari katta ekanligini, turli tuzilmalar, asosan Milliy gvardiya, uning tarkibidagi qo‘riqlash faoliyatiga masʼul bo‘linmalar uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bir qatorda, sohalarga ilm-fan yangiliklarini olib kirish hamda joriy qilish zarurati haqida maʼruza qildi.

Davra suhbatining ikkinchi qismida Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘i podpolkovnik A.S.Ismoilov ushbu o‘quv markazi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha oldinda turgan vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar, davlat rahbariyati va Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha gapirdi. Jumladan, bundan buyon o‘quv markazi yangicha uslubda ishlashga o‘tishi, o‘quv markazi faoliyati zamon bilan hamnafas, eng ilg‘or tajribalar asosida rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, faqatgina sidqidildan, masʼuliyat va shijoat bilan xizmat qilib ushbu maqsadlarga erishish mumkinligi, bu borada Jamoat xavfsizligi universiteti bilan bir qatorda, mamlakatimizdagi, ayniqsa, Jizzax viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan ham qalin hamkorlik olib borilishini taʼkidladi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shakllarida tadqiqot olib boriluvchi fan tarmoqlari va ixtisosliklari haqida o‘quv markazi shaxsiy tarkibiga batafsil maʼlumot berdilar. So‘ngra, ushbu mintaqaviy o‘quv markazi shaxsiy tarkibi aʼzolarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Tadbir so‘nggida oliy taʼlim muassasalari vakillari Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi bilan kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar va tegishli yo‘nalishlarda muntazam ravishda tajriba almashib turish, o‘quv markazini namunali taʼlim muassasasiga aylantirish yo‘lida barcha imkoniyatlarni ishga solishga kelishib oldilar.

 

 

Text to speech