Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Avval xabar qilganimizdek, Davlatimiz rahbarining topshiriqlarini amaliy ijrosini taʼminlash yuzasidan Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh Samarqand viloyatida o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.

Tadbirda asosiy eʼtibor aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashga qaratilgan

O‘rganishlar davomida viloyat aholisining elektr energiyasi, gaz hamda ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik ahvoli va fuqarolarning ushbu tizimdan roziligi, isteʼmol bozorlaridagi narx-navo barqarorligi, shu bilan birga, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir mahallalardagi “beshlik” yaʼni sektor rahbarlari, mahalla raislari, mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, shuningdek, xotin-qizlar faollari tomonidan fuqarolarni qabul qilish va ularning muammolarini hal etish amaliyotiga oid masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, aholini tashvishga solayotgan dolzarb kundalik ijtimoiy-maishiy muammolarni hal etishda sektorlar faoliyatining samaradorligi, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlik, yoshlar va ayollarning tashabbuskor loyihalariga ko‘maklashish choralari ko‘rilmoqda.

Text to speech