HAYOT TOMCHILARI
14 iyun - Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari qon topshirish xayriya aksiyasida ishtirok etdi.
Tibbiyot xodimlari tomonidan qabul qilingan beg‘araz donorlik yordami qon xastaliklari bilan og‘rigan bemorlarni davolashga yo‘naltirildi.
Bugungi kunda turli soha xodimlari ixtiyoriy beg‘araz qon topshirish aksiyasida ishtirok etayotganligi quvonarli holdir.
Bu kabi tadbirlar respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.