KARANTIN QOIDALARI BO‘YICHA PROFILAKTIK ISHLAR
Respublikamiz bo‘ylab karantin qoidalari kuchaytirilganligi munosabati bilan Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldinini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash maqsadida fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish bilan bog‘liq chora-tadbirlar yanada kuchaytirildi.
Xususan, xodimlar qo‘riqlanib kelinayotgan davlat ob'ektlari va aholiga xizmat ko‘rsatuvchi turli tashkilotlarda karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar. Bundan tashqari, ushbu ob'ekt va tashkilotlarga ish yuzasidan tashrif buyurgan fuqarolarga soha xodimlari tomonidan binoga kirishlaridan oldin yangi tibbiy niqob va qo‘lqoplar tarqatilmoqda. Bu kabi profilaktik ishlar davomiyligi jamoat salomatligini ta'minlashda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.