Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

KARANTIN TALABLARI IJROSI BO‘YICHA REYDLAR O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi hududiga koronavirus infeksiyasining yana-da keng tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining talablarini ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 22 iyul kuni Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan reyd guruhlar tashkil etilib, Navoiy shahar va Karmana tuman hududidagi to‘yxona hamda umumiy ovqatlanish joylarida karantin qoidalariga amal qilinish holati tekshirildi. Afsuski, ogohlantirish, targ‘ibot va profilaktik ishlar olib borilganligiga qaramay shaxsiy daromad orttirishni hamma narsadan ustun qo‘yayotgan ayrim kimsalar topildi.

Tadbir davomida Navoiy shahridagi bir qator kafelar masʼul shaxslari tomonidan karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzilayotganligi aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shu bilan birga, aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari yana-da kuchaytirilib, karantin talablari amalda ekanligi yana bir marotaba eslatib o‘tildi.

Text to speech