KARANTIN TALABLARI BO‘YICHA REYD TADBIRLARI
Barchamizga maʼlumki, respublika miqyosida karantin qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda. Aholi gavjum bo‘lgan joylar, avtobus bekatlari hamda umumiy ovqatlanish muassasalari Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda SES xodimlari tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, sanitariya holatini yaxshilash maqsadida joylarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, karantin talablari va cheklovlariga amal qilmagan fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, qonun talablari asosida choralar ko‘rilmoqda.