Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

KARANTIN TALABLARI AMALDA

Jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurish taqiqlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida fuqarolarning tibbiy niqobsiz yurish holatlari uchrab turmoqda.
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan respublika Maxsus komissiyasi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida, aholi gavjum joylarda dezinfeksiyalash ishlarining doimiy tarzda yo‘lga qo‘yilganligi hamda fuqarolarning karantin talablariga rioya qilishi nazorat qilinmoqda.
Ta'kidlash joizki, bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad, kimnidir jazolash yoki ularning vaqtini olish emas, balki belgilangan tartib-qoidalarga barchaning birdek amal qilishini ta'minlashdan iborat.
Shunday ekan, "Ko‘rinmas balo" yonimizda, shu bois tartib-qoidalarga rioya qilib, niqob taqishni unutmaylik. Zero, sog‘lik - har bir inson uchun muhim.

Text to speech