KEKSALAR HAYOTI YОSHLARGA IBRAT
Keksalarga hurmat-ehtirom qadimiy qadriyatlarimiz sirasiga kirib, iymon-eʼtiqodli, ixlosli va nuroniy keksalarning fazilatlaridan ibrat olish, ularning hayotiy tajribasini o‘rganishga millatimizning har bir vakili o‘zining burchi deb qaraydi va buni eng ulug‘ savobli ishlardan deb biladi.
Shu maqsadda, kuni kecha Shayxontohur tumani “Gulbozor” mahallasida yoshlar tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish maqsadida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan faxriy avlod vakillari, tuman xokimligi, Mahalla va oila vazirligining Nuroniy jamg‘armasi hamda Milliy gvardiya hamkorligida "Keksalar hayoti yoshlarga ibrat" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda katta avlod vakillarining tutgan o‘rniga to‘xtalib o‘tildi. Ularning hayotiy tajribalari, millatimizning urf-odatlari, tarixi va madaniyatini bilishlari muhim ahamiyat kasb etishi tushuntirildi.