Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

KELAJAGING O‘Z QO‘LINGDA

Yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, shuningdek ularni keskin kamaytirish maqsadida profilaktik hisobda turgan yoshlar orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, ularga ijtimoiy psixologik ko‘mak berish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 11 may kuni Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasida profilaktik hisobda turuvchi yoshlar ishtirokida “Kelajaging o‘z qo‘lingda” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Ichki ishlar boshqarmasi hamda Guliston davlat universiteti mutasaddi vakillari qatnashdi.

Tadbir avvalida, o‘quvchi yoshlar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng, ishtirokchilarga qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirda Guliston davlat universiteti malakali psixologlari tomonidan “Zanjir”, “O‘zligingni namoyon et” hamda “Tilak” kabi psixologik treninglar o‘tkazildi.

Bu kabi treninglar, yoshlarni avvalo, o‘z oldiga to‘g‘ri maqsad qo‘ya olishi va shu maqsad sari ildam qadam bosish yo‘lidagi harakatlarini to‘g‘ri boshqarishda xizmat qiladi.

Text to speech