Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Italiyaning Jezolo shahrida Kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionati sovrindori bo‘ldi.
15-23 oktyabr kunlari o‘tkazilgan musobaqada dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 4 ming nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Keskin bahslarga boy bo‘lgan chempionatda kikboksingchilarimiz bitta kumush va beshta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Terma jamoa tarkibida ishtirok etgan xalqaro toifadagi sport ustasi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi, leytenant Batirbek Xojabekov 91 kg vazn toifasida uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Quvaytlik Alhusanni Jazzani 3-0 hisobida mag‘lub etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jahon chempionati ishtirokchilari va sovrindorlari 24 oktyabr tongida poytaxtimizdagi xalqaro aeroportda keng jamoatchilik, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida munosib kutib olindi. Sportchilarimizga kelgusi xalqaro musobaqalarda zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.