Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Kinolog-mutaxassislar oʻrtasida xizmat koʻpkurashi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

Kuni kecha Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tizimidagi kinolog mutaxassislar oʻrtasida viloyat birinchiligi uchun xizmat koʻpkurashi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.
Termiz tumanida tashkil etilgan musobaqa viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi tizimidagi kinolog-mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularning kasbiy mahoratini baholash, respublika va xalqaro musobaqalarga tayyorlashga hamda amaliy tajriba orttirishga xizmat qildi. Unda kinologlar oʻzlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan ishtirok etib, jismoniy tayyorgarligi va kasbiy mahoratlarini namoyon etishdi. 
Bahslarda xizmat itlarining buyruqlarga boʻysunishi, toʻsiqlardan oʻtishi hamda xizmat biatloni kabi shartlarda kinologlar bilan birga xizmat itlarining ham oʻziga yuklatilgan vazifani qay darajada uddalashi sinovdan oʻtkazildi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra barcha shartlarni aʼlo darajada bajargan gʻoliblar nomi aniqlanib, faxrli oʻrinlarni egallagan kinologlarga "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.
Uyushtirilgan mazkur bellashuv barcha ishtirokchilar uchun oʻzaro bilim, malaka va tajriba almashish imkonini berdi.

Text to speech