KITOB – MAʼNAVIYAT SARCHASHMASI
Maʼnaviyat – inson tabiatida mavjud bo‘lgan jamiki tuyg‘ular gultoji. Maʼnaviyatli inson o‘zining aql-u zakosi, did-farosati bilan boshqalardan ajralib turadi. Inson tanasi rivojlanishi uchun oziq-ovqat mahsulotlari zarur bo‘lgani kabi, maʼnaviy dunyoqarashi boyishi uchun kitoblar mutolaasi benihoya zarur.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, harbiy xizmatchilarda kitobxonlik va kitobga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirish, 5 ta muhim tashabbusni hayotga samarali tatbiq etish maqsadida Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarka davomida badiiy, detektiv, didaktik hamda bolalar adabiyoti namunalaridan tashkil topgan kitoblar harbiy xizmatchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.
Rumiy hazratlari taʼkidlaganidek, kitob chindan moʻjizadir. Negaki, dunyoda hamma narsa eskirishi, uning o‘rnini yangisi egallashi mumkin. Lekin kitoblarning asl mazmuni, mohiyati hech qachon o‘zgarmaydi.