Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

KITOB — TAFAKKUR QANOTI

Kitob bamisoli quyoshdir, inson ongu shuuriga jo bo‘lib, uni ulug‘vor maqsadlar, bunyodkorlik ishlari sari yetaklaydi. Shu bois ham u aql chirog‘i, tafakkur qanoti, maqsadlar mayog‘idir.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari orasida kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida kuni kecha Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Maʼnaviyat va maʼrifat axborot resurs markazi bilan hamkorlikda kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkaga mamlakatimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan chop etilgan adabiyotlar, ilmiy nashrlar, milliy va jahon adabiyoti durdonalarini o‘zida jamlagan 140 dan ziyod kitoblar keltirildi.

Harbiy xizmatchi va xodimlar yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda o‘zlari va oila aʼzolari uchun ko‘plab kitoblarni xarid qildilar.

Text to speech