Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

"Vatanparvar yosh gvardiyachilar" klubi yoshlarga mahorat maktabi vazifasini o‘tamoqda

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasida 2020 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qabul qilingan qo‘shma qarorga muvofiq, hududlarda Milliy gvardiya tizimida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari, shuningdek sohaga qiziquvchan mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarini taʼminlash, harbiy vatanparvarlik va maʼnaviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida "Vatanparvar yosh gvardiyachilar" klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni kunlarda esa, yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlaridan kelib chiqqan holda, haftaning har uch kunida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Vatanparvar yosh gvardiyachilar" klubi aʼzolari bilan o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar olib borilib, ular bilan jismoniy sog‘lomlashtirish hamda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Text to speech