Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan bir qator tadbirlarda Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev ishtirok etdi

Bugun Milliy gvardiya qo‘mondoni genaral-mayor R.Djurayev poytaxtimizning Uchtepa tumani Nayman mahallasida joylashgan turar joy majmuasiga tashrif buyurib, majmuada istiqomat qiluvchi Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini bayram bilan samimiy qutladi.

Shuningdek, qo‘mondon tadbir mehmonlari ishtirokida Azizovlar oilasining uch nafar farzandining xatna to‘ylari o‘tkazilayotganligi munosabati bilan bolajonlarga sovg‘alar ulashdi.

Shundan so‘ng, barcha mutasaddilar Milliy gvardiya qoshidagi Bolalar psixologiyasi markazi hamda homiylar tomonidan Chirchiq shahridagi 14-sonli va Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun tashkil etilgan “Sumalak-party”da ishtirok etdi.

Bayram yosh polvonlarning turli chiqishlari hamda sirk tomoshalari bilan boshlanib, Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ashula va raqs ansambli sanʼatkorlari hamda Alohida namunali-ko‘rgazmali harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Ayniqsa, Bolalar psixologiyasi markazi mutaxassislari tomonidan eng qiziqarli va ayni paytda foydali, rivojlantiruvchi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkoniyatini beruvchi burchaklarning tashkil etilishi bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi .

Shu bilan birga, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshida faoliyat yuritayotgan sport seksiyalari, raqs jamoasining chiqishlari, kamondan otish va ot minish bo‘yicha mahorat saboqlari hamda bayram dasturxoni barchaning eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.

Bu kabi bayramona tadbirlar Milliy gvardiyaning hududiy bo‘linmalarida davom etmoqda.

Text to speech