Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya qo‘mondoni 22-sonli Toshkent “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari dam olayotgan “Mehribon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga tashrif buyurdi

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev bolalar bilan suhbatlashib, ushbu oromgohda taʼtil kunlari qanday o‘tayotgani, bu yerda ular maroqli hordiq chiqarishlari uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani bilan qiziqdi. Qo‘mondon oromgoh tarbiyachilari va xodimlari bilan birgalikda ushbu oromgohda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shu kuni Milliy gvardiya qoshidagi Bolalar psixologiyasi markazi mutaxassislari tomonidan Kamondan otish Federatsiyasi va “Paxtakor kids” bolalar sport maktabi ishtirokida ko‘ngilochar tadbir tashkil etildi. Markaz mutaxassislari psixologik treninglarni o‘yinlar - kvestlarga aylantirdilar, unda ishtirok etish bolalarda ijodiy qobiliyatlarni va abstrakt fikrlashni, aqliy rivojlantirishga yordam beradi. Kvestning sport komponenti aniqlik, tezlik va jamoaviy ruhni rivojlantirishga imkon berdi. Kun so‘ngida Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli hamda “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Oromgohga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari G. Nosirova, E. Lavrova, N. Shermatov va boshqalar tashrif buyurishib, yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.

Hozirda 22-sonli “Mehribonlik” uyida 158 nafar bola tarbiyalanmoqda. Bugungi kunda qancha bola oilalarga topshirilgani haqida batafsil bu yerda o‘qishingiz mumkin.

Text to speech