Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya qo‘mondoni poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyida tashkil etilgan bayramona tadbirda ishtirok etdi

O‘lkamizda Navro‘z shukuhi hukm surayotgan ayni pallada o‘tkazilayotgan bahoriy tadbirlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.

Xususan, Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida joylashgan 22-sonli Mehribonlik uyida bo‘lib o‘tgan tadbir ham tarbiyalanuvchilar uchun katta shodiyonaga aylandi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev hamda bir qator hamkor tashkilot mutasaddi rahbarlari, tizim harbiy xizmatchilari ishtirokidagi tadbirda tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida “Eng yaxshi osh” hamda “Eng yaxshi bahor salatlari” tanlovlari ham bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirokchilarga Jamoat xavfsizligi universitetining kursant qizlari, shuningdek, muddatli harbiy xizmatchilar yaqindan yordam berishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra bir-biridan shirin taomlar tayyorlagan jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech