Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Konstitutsiya – ma’muriy islohotlarning yo‘l xaritasi

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligini universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan ma’muriy huquq fanidan viktorina o‘tkazildi. Viktorinada Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus fakulteti talabalari, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Bojxona instituti kursantlaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Dastlab mehmonlarga Universitet tarixi va bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Viktorina qizg‘in va bahs-munozaralar bilan o‘tib, yakunida Jamoat xavfsizligi universiteti talabalari viktorinaning “Eng bilimdon jamoa”si, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tinglovchilari “Eng zukko jamoa”si, Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kursantlari “Eng tezkor jamoa”si, hamda Bojxona instituti kursantlari “Eng faol jamoa”si deb topildi.
Tadbir so‘ngida jamoalar va ularning ustozlariga diplom va esdalik sovg‘alari, shuningdek har bir jamoa ishtirokchilariga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” kitobi topshirildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi bayramini munosib qarshi olish, turdosh oliy ta’lim muassasalarining talaba, tinglovchi va kursantlarini bir maydonga chaqirish orqali bilimlarini boyitish va tajriba almashish hamda oliy ta’lim muassasalarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash.

 

Text to speech