KONSTITUTSIYAMIZ - BAXTIMIZ QOMUSI
Namangan viloyat To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Isoqxon Ibrat nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni maktab direktori Gulnora Qayumova kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarni Bosh qomusimiz qabul qilinganining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Milliy Gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizda tutgan o‘rni, mazmun-mohiyati haqidagi maʼruzalari tinglandi.
Maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdi.