Konstitutsiya – xalq manfaatlari kafolati
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yillik bayrami tantanalari Respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab nishonlanmoqda. Xususan, ana shunday tadbir Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasida ham ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Taʼkidlash joizki, ushbu qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbirda boshqarmaning barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tadbir doirasida bosh qomusimizning hayotimizda hamda shonli tariximizda tutgan o‘rni haqida so‘z borib, tashkil etilgan bayramona yurishlar bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
Shu bilan birga, tadbir davomida xizmat faoliyatida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatib, safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.