Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Konstitutsiya-baxtimiz qomusi

Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya boshqarmasi shaxsiy tarkibi, Andijon shahar Adliya boshqarmasi, hokimlik va madaniyat uyi xodimlari hamda o‘quvchi yoshlari ishtirokida "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" shiori ostida tadbir tashkil etildi.Mazkur tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi. So‘ngra so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyamizda bizning bosh maqsadimiz ekanligi bu borada so‘ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmuni haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyatini sahna ko‘rinishlari orqali ko‘rsatib berildi. Shundan so‘ng, tadbir xushovoz xonandalarning konsert dasturi bilan davom etdi.

Bayram tadbiri yakunida faol ishtirokchilar Milliy gvardiya boshqarmasining tashakkurnomalari topshirildi.

Text to speech