Harbiy xizmatchilar va ularning oilalari hamda muddatli harbiy xizmatchilar uchun Farg‘ona shahar san’at saroyida konsert dasturi tashkil etildi
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari oila a’zolarining ma’naviy-ma’rifiy dam olishlarini ta’minlash hamda harbiy qismda xizmat o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning madaniy hordiq chiqarishlarini tashkillashtirish maqsadida Farg‘ona shahridagi I. Karimov nomidagi san’at saroyiga tashrif uyushtirildi. U yerda Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi ashula va raqs ansambli, Qurolli kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli, viloyat Madaniyat boshqarmasi hamkorligida tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. "Vatan manzumasi" deb nomlangan konsert dasturida vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar mohirona ijro etilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.