KORRUPSIYANI OLDINI OLISHGA BARCHAMIZ MASʼULMIZ
Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi mutasaddi rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida “Korrupsiyani oldini olishga barchamiz masʼulmiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi .
Tadbir ishtirokchilariga korrupsiya va firibgarlik mavzusiga oid real holatlar yuzasidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.
Shundan so‘ng, malakali mutaxassislar korrupsiya bilan bog‘liq turli soha vakillarining qilmishlari va ularning oldini olish mumkin bo‘lgan choralar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
Ochiq va bahs-munozara ostida o‘tgan ushbu uchrashuv yakunida mavzuga oid muammoli masalalarning yechimi bo‘yicha ishtirokchilar o‘z oldlariga qator vazifalarni belgilab oldilar.