Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Joriy yilning 28-30 oktyabr kunlari Toshkent shahar “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan Qo‘l jangi sport turi bo‘yicha Milliy gvardiya qo‘mondoni kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi

Shiddatli va qiziqarli janglarga boy bo‘lgan mazkur musobaqa bahslarida tizimning tarkibiy va hududiy boshqarmalaridan 20 ta jamoa safida 200 nafarga yaqin harbiy xizmatchi va xodimlar 9ta vazn toifasida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi. Ayol harbiy xizmatchi va xodimlar bo‘lsa, 3ta vazn toifasida bahslarga kirishdilar.

Musobaqaning dastlabki ikki kunida sport ustalari tomonidan murosasiz janglar bo‘lib o‘tdi va unda mahoratini namoyon eta olgan ishtirokchilar final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Sovrindorlarni taqdirlash maqsadida tashkil etilgan tantanali marosimda Oliy majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi B.Sayfullayev, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi raisi-Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.Kosimov va federatsiya raisining o‘rinbosarlari  shuningdek, Milliy gvardiya mutasaddi rahbarlari hamda boshqa bir qator davlat tashkiloti vakillari   ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni so‘zga chiqib davlatimiz rahbarining sportga qaratayotgan eʼtibori va bu borada yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga alohida to‘xtalib, Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarining ham turli sport turlari bo‘yicha nafaqat mamlakatimizda balki Halqaro arenalarda ham yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘targan holda erishayotgan yutuqlari hamda ular munosib rag‘batlantirib kelinayotganliklarini taʼkidlab o‘tdi.  Shundan so‘ng uch kun davom etib kelayotgan ushbu musobaqaning final bosqichiga yo‘llanma olgan  sportchilarga omad tilandi.

Bellashuvlarning so‘nggi kuni sportchilarimiz faqat g‘oliblik uchun maydonga tushib, bosh sovrin uchun kurashishdi. Erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqada bahslarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan iqtidorli sportchilar orasidan yangi nomlar kashf etildi.

Marosimda ishtirokchilar uchun xalqimiz suygan sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan harbiy-vatanparvarlikka undovchi kuy-qo‘shiqlar hamda yosh sportchilarning qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida, g‘olib va sovrindorlar masʼul rahbarlar tomonidan musobaqa medali va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Andijon viloyati hamda 3-o‘ringa egalik qilgan Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari vakillariga “Qo‘mondon kubok”lari topshirildi.

Eʼtirof etish kerakki, bunday musobaqalar kelgusida ushbu sport turini yoshlar o‘rtasida ommalashishi, yosh iqtidorli sportchilar kashf etilishi va ularning xalqaro musobaqalarda vatanimiz sharafini himoya qilishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.    

 

Text to speech