KURASH MUSOBAQASI O‘Z NIHOYASIGA YETDI
Avval habar berganimizdek, bugun Farg‘ona viloyatida kurash bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi chempionatining final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Unda sportchilarimiz 7 ta vazn toifasida o‘zaro kuch sanashishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni Toshkent viloyati harbiy qism jamoasi qo‘lga kiritdi. Samarqand viloyati jamoasi aʼzolari 2-o‘ringa egalik qilgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan kubok, medal va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.