Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan serjantlar tarkibi bilan “Serjantlar forumi” o‘tkazildi

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev raisligida bo‘lib o‘tgan ushbu forumda, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda serjantlar tarkibi, tizimning tayanchi hamda suyanchi ekanligi taʼkidlandi.

Milliy gvardiya tizimida xizmat qilib kelayotgan serjantlarning kasbiy mahorati hamda bilim-ko‘nikmalarini oshirish maqsadida har yili "Serjantlar forumi" o‘tkazilishi anʼanaga aylangan.

Mazkur forum Milliy gvardiya qo‘mondoni raisligida videoselektor tarzida o‘tkazilib, unda sohaga oid mutasaddi rahbarlar, tizim faxriylari va serjantlar tarkibi ishtirok etishdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘zining kirish so‘zida, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning so‘ngi yillarda harbiy xizmatchilarga, xususan, serjantlarga bo‘lgan yuqori darajadagi eʼtiborini taʼkidlab, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishayotgan barcha yutuq va marralarimizda, kuch tizilmalarida o‘z vazifasini sidqidildan ado etayotgan serjantlarimizning munosib hissasi borligini eʼtirof etdi.

Shuningdek, Milliy gvardiya tizimida serjantlar tarkibini tayyorgarligiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi va har qanday murakkab vaziyatlarda jismoniy hamda ruhiy sinovlarga bardosh bera oladigan, nostandart holatlarda mustaqil qaror qabul qilib, yuklatilgan vazifalarni aʼlo darajada bajarishga qodir bo‘lgan kichik komandirlarni shakllantirish uchun barcha sharoitlar mavjudligi aytib o‘tildi.

Shu bilan bir qatorda, ayrim bo‘linmalarda Kengashlar o‘zining faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtira olmayotganligi bois, uchrayotgan bir qator salbiy holatlar yodga olinib, tanqidiy tahlil qilindi. Kelgusida barcha kichik komandirlar bundan o‘zlariga tegishli xulosa chiqarib olishlari borasida, qo‘mondonning bugungi fikr mulohazalari va eʼtirozlarini o‘zlarining yelkadosh safdoshlari tomonidan bildirilayotganligi kabi qabul qilishlari taʼkidlandi. Bu esa barcha forum ishtirokchilarini birdek sergak torttirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Qurolli Kuchlar tizimini modernizatsiya qilish, Milliy armiyamizning professional tayyorgarligini yana-da mustahkamlash bo‘yicha belgilab berilgan bir qator chora-tadbir va aniq mexanizmlar asosida olib borilayotgan tizimli islohotlar aynan tizimdagi serjant va oddiy askarlarning har tomonlama yetuk oliy maʼlumotli ofitser kadr sifatida shakllantirishga qaratilayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ayniqsa, tizimda ayollarni rolini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ishga qabul qilish masalalarida ham xotin-qizlarning ko‘rsatkichini oshirish dolzarb masala ekanligi qayd etildi.

Shundan so‘ng, Forum ochiq muloqot tarzida davom ettirildi. Unda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Andijon va boshqa hududiy bo‘linmalardan so‘zga chiqqan serjantlar tomonidan, bugungi kunda harbiy xizmatchi va xodimlarga hamda ularning oila aʼzolariga yaratilayotgan shart-sharoitlar alohida eʼtirof etilib, barcha berilayotgan imkoniyatlar mamnuniyat bilan tilga olindi. Kichik komandirlar nomidan so‘zga chiqqan ayrim serjantlar esa, bugun ular bilan shaxsan qo‘mondonning o‘zi uchrashib ochiq muloqotda bo‘lganidan xursand ekanliklarini va bundan katta motivatsiya olganliklarini bildirishdi.

Shu bilan bir qatorda, o‘z mavzulari bilan maʼruza qilgan serjantlar tomonidan ham hozirgi zamonaviy jang sharoitida Milliy gvardiya serjantlarining jangovar ruhini oshirish borasida, shuningdek, jamoat tartibini saqlash, inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda serjantlarning bugungi faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

Harbiy xizmatdagi faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan tajribalarini oshirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan tadbir yakunida bir qator kichik komandirlar Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Tadbir so‘nggida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ashula va raqs ansambli xonandalarining kuy va qo‘shiqlari barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

Text to speech