Madaniy xordiq samarali xizmat garovi
Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining o‘rni beqiyos. Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.
Jumladan, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari maʼnaviyatini yana-da yuksaltirish, dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlarini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va ularni oila aʼzolarining teatrga tashrifi tashkil etildi.
Urganch shahridagi “Ogohiy” nomidagi viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilgan "Ko‘ngil devori" nomli musiqali spektakl tomoshabinlarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Teatr hayot ko‘zgusi, muqaddas dargoh sanaladi. Uning tarbiyaga yo‘g‘rilgan saboqlari esa kishilarni odamiylikka chorlab turaveradi.
Albatta harbiy xizmatchilar va ular oila aʼzolarining dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish, turli teatr tomoshalari, muzey va boshqa diqqatga sazovor joylarga tashrifi ularni dam olishlarini mazmunli o‘tkazishga, kasbidan faxrlanishga va farzandlari tarbiyasida muhim omil bo‘ladi.