MAHALLANI MENSIMAGAN SHAXSLAR
Buxoro viloyatida fuqarolardan kelib tushgan xablarga asosan Milliy gvardiya va Buxoro shahar IIB xodimlari hamkorligida reyd tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Buxoro shahar hududida jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan va o‘zlarini “lider” qilib ko‘rsatishga urinib, atrofdagi yoshlarni mensimay, kattalarga hurmatsizlik qilgan 5 nafar shaxslar kuzatuvga olingan va ushbu kichik guruh yetakchisi Buxoro shahrida yashovchi 1993 y.t. fuqaro H.M.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 3 dona bita, 2 dona o‘tkir tig‘li pichoq va 1 dona pnevmatik pistolet borligi aniqlangan. Ushbu buyumlar xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilib olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.