Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

  Maktablardagi tarbiya va maʼnaviyat hamda  o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan masalallar yuzasidan Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi taʼminlanmoqda

 

 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Milliy gvardiya mutasaddi rahbarlari tomonidan joylarga chiqqan holda manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari S.Mamayusupov har ikkala tizimning Toshkent shahri boshqarmasi mutasaddi rahbarlari bilan birgalikda Mirobod tumanida joylashgan 125-sonli-o‘rta maktab o‘qituvchi va murabbiylari, inspektor-psixologlari hamda hududiy mahalla raislari bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilarining o‘tgan hafta davomidagi darsdagi davomatlari tahlil qilinib, yuqori sinf o‘quvchilari bilan bog‘liq muammoli masalalar va ularning yechimi yuzasidan maktab direktori B.Mirxoliqovning fikr-mulohazalari, shuningdek Toshkent shahri bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i A.Ortiqovning o‘rganishlar davomida aniqlangan  muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflari tinglandi.

Hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan ishlar samarasida o‘quvchilarining davomatida  ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganligi, eng asosiysi maktabda elektron platformaga kiritilgan davomat maʼlumotlari bilan sinflardagi haqiqiy davomat o‘rtasida hech qanday  tafovut  uchramaganligi sababli maktab direktori B.Mirxoliqovga, Milliy gvardiya qo‘mondon buyrug‘iga asosan  qimmatbaho sovg‘a, qo‘l soati topshirildi.

Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar, xususan ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun maʼnaviy-marifiy va vatanparvarlik tadbirlari, shuningdek sport to‘garaklarini kengaytirish masalalalari  yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

 

 

  

 

 

Text to speech