Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida tashkil etilgan mazkur yig‘ilish, Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.Umarova boshchiligida o‘tkazilib, unda Respublika bo‘ylab sohaga oid barcha mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni mazkur yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasidan olib borib, kirish so‘zida, Davlatimiz rahbarining PQ–1-son Qarori ijrosini taʼminlash borasidagi viloyatlarda olib borilayotgan manzilli o‘rganishlar davomida o‘quvchilar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilayotganligini taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan PQ-55-son Qarori va unda belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan so‘z yuritib, joriy qilingan “Oila-mahalla-maktab” tizimi asosida hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan ishlar natijasida maktablarda o‘quvchilar davomati sezilarli darajada ijobiy tomonga o‘zgarganiga urg‘u berildi.

Qaror ijrosi yuzasidan, maktablarda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” yaratish borasidagi hamkorlikdagi amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan 2024 yil mobaynida sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda davomat bilan bog‘liq masalalar tanqidiy tahlil qilinib, viloyatlar kesimida bir qator misollar keltirib o‘tildi. 

Bu borada, inspektor-psixologlar hamda mahalla yettili tomonidan yangicha ish uslublarini tatbiq qilgan holda hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishliligi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech